«markaziy bank» tegli maqolalar


Markaziy bank asosiy stavkani ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishni keyinga qoldirdi
17 oktabr 2024, 12:30

Markaziy bank asosiy stavkani ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishni keyinga qoldirdi

Markaziy bank xalqaro tashkilotlarning yangilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari oktabr oyining ikkinchi yarmida e’lon qilinishini kutmoqda. Shu munosabat bilan regulyator asosiy stavkani ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishni bir haftaga qoldirishga qaror qildi.

O‘zbekistonda uylarni, jumladan, ipotekaga sotib olish qiyinlashdi, “narxlardagi tuzatishlar” xavfi saqlanib qolmoqda. MB sharhi
16 oktabr 2024, 22:06

O‘zbekistonda uylarni, jumladan, ipotekaga sotib olish qiyinlashdi, “narxlardagi tuzatishlar” xavfi saqlanib qolmoqda. MB sharhi

O‘zbekistonda 2024-yil ilk yarmida uy-joy narxi yuqoriligicha qolmoqda — uning bozor narxi fundamental (“obyektiv”) narxdan 28% yuqori, deya qayd etadi MB. Narxlar ish haqiga nisbatan 1,8 baravar tezroq o‘smoqda va bu kelajakda narxlarning pasayishi xavfidan dalolat beradi, deb hisoblaydi regulyator.

Dollarning rasmiy kursi ilk bor 12 800 so‘mdan oshdi
14 oktabr 2024, 20:17

Dollarning rasmiy kursi ilk bor 12 800 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy bankining AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ilk bor 12 800 so‘mdan oshdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 3,76 foizga qadrsizlandi.

O‘zbekistonda ipoteka bozori sovimoqda: uy-joy sotib olish uchun ajratilgan kreditlar hajmi qisqardi
14 oktabr 2024, 17:03

O‘zbekistonda ipoteka bozori sovimoqda: uy-joy sotib olish uchun ajratilgan kreditlar hajmi qisqardi

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,1%ga — 11,7 trln so‘mga, oluvchilar soni esa qariyb 20%ga kamaydi. Shuningdek, ajratilayotgan ipotekalarning o‘rtacha miqdori 19,9%ga — 274 mln so‘mga, banklarning foiz stavkalari esa 23,8%dan 25%ga oshdi.

O‘zbekistonliklarning valyuta kursidagi o‘zgarishlarga nisbatan inflyatsion kutilmalari ortdi
13 oktabr 2024, 09:24

O‘zbekistonliklarning valyuta kursidagi o‘zgarishlarga nisbatan inflyatsion kutilmalari ortdi

Markaziy bankning sentabr oyidagi so‘roviga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi va tadbirkorlik vakillari yillik inflyatsiyani prognoz qilishda valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi. Shuningdek, ular kommunal xizmatlar, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishini taxmin qilmoqda.

Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘ldi
10 oktabr 2024, 13:05

Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Prezident farmoni bilan Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar MBda departament direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Avvalgi o‘rinbosar Shayxontohur tumani hokimi bo‘lgandi.

O‘zbekistonda onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etilmoqda
8 oktabr 2024, 12:33

O‘zbekistonda onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etilmoqda

1-noyabrdan 2025-yilning 1-apreliga qadar onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etiladi. Markaziy bank ushbu tartib firibgarlik holatlarining oldini olish uchun ekanini ma’lum qildi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana rekord o‘rnatdi va 41 mlrd dollardan oshdi
7 oktabr 2024, 20:53

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana rekord o‘rnatdi va 41 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana rekord ko‘rsatkichni o‘rnatdi. sentabrda oltin narxining o‘sishi fonida zaxiralar 2 mlrd dollarga oshib, 41,1 mlrd dollarga yetdi. O‘tgan oy MB oz miqdorda qimmatbaho metall sotdi, ammo oltin zaxirasining qiymati sezilarli darajada ortdi.

Markaziy bank UPay to‘lov xizmati faoliyatini olti oyga chekladi. Kompaniya qarordan norozi
3 oktabr 2024, 17:22

Markaziy bank UPay to‘lov xizmati faoliyatini olti oyga chekladi. Kompaniya qarordan norozi

UPay to‘lov xizmati qimor o‘yinlari bilan bog‘liq tranzaksiyalar tufayli Markaziy bank cheklovlariga uchradi. Xizmatning bosh kompaniyasi hisoblangan Humans Markaziy bank qaroridan norozi ekanini bildirib, regulyatorning harakatlari qonunga zid ekanligini ta’kidladi.

Sentabr oyida dollar kursi qanday o‘zgardi?
2 oktabr 2024, 11:50

Sentabr oyida dollar kursi qanday o‘zgardi?

O‘zbekistonda so‘m dollarga nisbatan ketma-ket ikkinchi oy biroz qadrsizlandi. sentabr oxirida dollar milliy valyutaga nisbatan 90 so‘mga (+0,71%) mustahkamlandi. Umuman olganda, yil boshidan buyon milliy valyuta 3,1 foizga qadrsizlandi.

Avgustda o‘zbekistonliklar go‘sht, elektr, gaz, benzin, propan narxlari oshganini ko‘proq his qildi — MB so‘rovnomasi
13 sentabr 2024, 19:18

Avgustda o‘zbekistonliklar go‘sht, elektr, gaz, benzin, propan narxlari oshganini ko‘proq his qildi — MB so‘rovnomasi

Avgustda O‘zbekiston aholisiga sezilgan inflyatsiya 13,6 foizgacha o‘sdi, deb xabar berdi MB. Go‘sht va sut, benzin, metan va propan, neft narxlari keskin oshganini aytgan respondentlarning ulushi sezilarli darajada ortdi. Iyuldagi so‘rovnomada narxlar yuqorilashi bo‘yicha elektr va gaz birinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklarning yonilg‘i va energoresurslar narxining oshishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi
13 sentabr 2024, 18:58

O‘zbekistonliklarning yonilg‘i va energoresurslar narxining oshishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi

O‘zbekiston aholisi va biznesining yonilg‘i hamda energoresurslar narxlari oshishidan xavotirlari kuchaydi. Markaziy bankning inflyatsion kutilmalar bo‘yicha so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, ular, shuningdek, kommunal xizmatlar narxining o‘sishi va valyuta kursining o‘zgarishini kutmoqda.

Markaziy bank yana bir to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi
13 sentabr 2024, 12:48

Markaziy bank yana bir to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi

Markaziy bank United Payment Solution to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi. Sababi u litsenziya olgan kundan boshlab bir yil davomida faoliyat yuritmagan.

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida qoldirdi
12 sentabr 2024, 13:51

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Qayd etilishicha, iqtisodiyotdagi yuqori talab hamda ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxida kuzatilgan o‘sish sur’atlari pul-kredit sharoitlari qat’iyligini joriy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana rekordni yangilab, 39 mlrd dollardan oshdi
9 sentabr 2024, 12:52

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana rekordni yangilab, 39 mlrd dollardan oshdi

Avgust oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin qimmatlashgani fonida yana rekordni yangiladi va 39,1 milliard dollarga yetdi. Yil boshidan buyon oltin zaxirasining qiymati 5,77 milliard dollarga oshdi.

O‘zbekistonda ipoteka bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar, ularning shartlari va tuzilishi qanday o‘zgargani — MB sharhida
6 sentabr 2024, 20:31

O‘zbekistonda ipoteka bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar, ularning shartlari va tuzilishi qanday o‘zgargani — MB sharhida

O‘zbekistonda birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, o‘rtacha oylik ipoteka to‘lovlari 16 foizga oshib, 2,99 mln so‘mni tashkil etdi. Qarzning o‘rtacha miqdori oshdi, ammo kreditlar qisqaroq muddatga berila boshladi. Ipoteka kreditlarining 22 foizi norasmiy daromadga ega shaxslar tomonidan olingan.

O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan bo‘lib qolmoqda
4 sentabr 2024, 17:14

O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan bo‘lib qolmoqda

O‘zbekiston Markaziy banki ketma-ket ikkinchi oy dunyodagi eng yirik oltin xaridorlari qatoridan joy oldi. Iyun oyida mamlakat 9 tonna qimmatbaho metall sotib olgan bo‘lsa, iyul oyida ko‘rsatkich 9,6 tonna bo‘ldi.

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqiga nisbatan eng qimmat uylar qayerda?
28 avgust 2024, 14:54

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqiga nisbatan eng qimmat uylar qayerda?

Markaziy bank aholining o‘rtacha ish haqi va uy-joy narxlarini taqqosladi. Eng qimmat uy-joylar Samarqand viloyati va Toshkentga to‘g‘ri keldi. Xarid qobiliyati deyarli barcha hududlarda yomonlashdi. “Gazeta.uz” 50 kvadrat metrli kvartirani sotib olish uchun necha yillik ish haqi kerakligini hisoblab chiqdi.

Aholining iste’mol kayfiyati: uy-joy va avtomobil xaridida xarajatlar va rejalashtirilgan sarfning kamayishi
19 avgust 2024, 20:52

Aholining iste’mol kayfiyati: uy-joy va avtomobil xaridida xarajatlar va rejalashtirilgan sarfning kamayishi

Markaziy bank ikkinchi chorak uchun 0,7 punktga pasaygan iste’mol kayfiyati indeksini e’lon qildi. So‘rov natijalariga ko‘ra, uy-joy sotib olganlar ulushi 6,2 foizdan 5,8 foizga kamaydi, avtomobil xaridi esa — 12,3 foizdan 10,5 foizga. Kelgusi oylarda ham uy-joy sotib olishni xohlovchilar kamroq.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 37,4 mlrd dollarga yetdi
8 avgust 2024, 13:01

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 37,4 mlrd dollarga yetdi

Iyulda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin jamg‘arilishi va qimmatlashishi fonida 1,06 mlrd dollarga — rekord darajadagi 37,4 mlrd dollargacha oshdi. Qimmatbaho metallning fizik hajmi yana 9,6 tonnaga, qiymati esa 1,8 mlrd dollarga ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting